08:21 / 21.08.2021
29671

O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi aytildi

O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi ma'lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar e'lon qildi.

Foto: LiveJournal

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 77 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, 1991 yilda O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 46,1 kishi to‘g‘ri kelgan.

Bundan oldin, O‘zbekistonda 30 yil ichida doimiy aholi soni 13,9 mln kishiga oshgani xabar qilingandi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 1991 yilda doimiy aholi soni 20,6 mln kishini tashkil etgan. 

Respublikaning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 mln kishiga oshgan. 

2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln kishini tashkil etgan. 

Top