Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi boşlandi. Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada prezident nutq sözlamoqda.

Davlat rahbari sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiriş maqsadida qator aniq takliflarni bildirdi.

Birinçidan, yangi tahrirdagi “Investitsiyalar töğrisida”gi qonun qabul qilinişi ta’kidlandi. Uşbu hujjat Jahon savdo taşkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq işlab çiqildi.
 
Ikkinçidan, tez orada mamlakatda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi iş boşlaydi. Uşbu sud Özbekiston sud-huquq tizimida alohida öringa ega böladi. 

Uçinçidan, yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangiça yondaşuvlar joriy etiladi. Sanoat zonalarini boşqarişda xususiy operatorlar, jumladan, yuqori malakali xorijiy kompaniyalarni faol jalb qiliş amaliyoti kengaytiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari böyiça çeklovlar ham bekor qilinadi. 

Xorijiy sarmoyadorlar uçun yerlarni ijaraga beriş muddati 25 yildan 49 yilgaça, ya’ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar töliq saqlab qolinadi.