Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, Özbekiston Respublikasida 1991 yilda doimiy aholi soni 20,6 mln kişini taşkil etgan. 

Qayd etilişiça, respublikaning doimiy aholisi sönggi 30 yil içida 13,9 mln kişiga oşgan. 

Bildirilişiça, 2021 yilning 1 yanvar holatiga köra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln kişini taşkil etgan. 

Avvalroq, Özbekistonda doimiy aholi soni qariyb 35 mln kişiga yetgani xabar berilgandi. 

Özbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni yil boşidan 301,3 ming kişiga oşgan. 2021 yilning 1 iyul holatiga köra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,9 mln kişini taşkil etmoqda. 

Doimiy aholining ösiş sur'ati 101,9 foizga teng. Mamlakat aholisi yil boşidan har oyda örtaça 50,2 ming kişiga köpaygan. 2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni örtaça 1,7 ming kişiga oşgan.