Toshkent tumani hududida yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahrining Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududidan “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi” tashkil etish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi inobatga olinib, Toshkent shahri tarkibida umumiy maydoni 493,56 gektar, shundan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududidan 493,56 gektar, shu jumladan 348,8 gektar qishloq xo‘jaligi yerlaridan iborat bo‘lgan yerlarda “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi” tashkil etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Toshkent shahri tarkibidagi “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi” tashkil etish uchun tanlangan yer uchastkalari chegarasining tavsifi, chegara chizmasi tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Toshkent viloyatining Toshkent tumanidan Toshkent shahri ma'muriy hududiga o‘tkazilayotgan yerlardan samarali foydalanish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari asosida amalga oshipiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi”ga ajratilgan yerlarni o‘zlashtirishda uning mahalliy budjeti va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi”ga o‘tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining pochta manzilini ulardan ariza yoki ma'lumot talab etmagan holda, avtomatik tarzda elektron tizim orqali bepul o‘zgartirishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ushbu qaror qabul qilinishi natijasida Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrining ma'muriy-hududiy chegaralari o‘zgarganligi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritadi.
Mavzuga oid
12:38
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi
20:01 / 04.01.2025
Toshkentda 25,5 gektar yer uchastkasi 40,4 mln dollarga sotildi
15:06 / 04.01.2025
Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi
20:03 / 03.01.2025