Jamiyat | 19:04 / 30.12.2022
39958
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

MJ Developers: “Namangan square”ning dastlabki xaridorlariga xonadon kalitlari topshirildi

Prezidentimiz rahnamoligida respublika hududlari infratuzilmasini jahon standartlari darajasida rivojlantirish, mahalliy aholining turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘z natijalarini bermoqda.

Foto: MJ Developers

Yangi yil bayrami arafasida tashkil etilgan “Namangan square” loyihasining ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda viloyat sektor rahbarlari ishtirok etib, yangi qurib bitkazilgan zamonaviy xonadon egalarini samimiy tabrikladilar.

Birlashgan Arab Amirliklarining “MJ Developers” kompaniyasi Davlatobod tumanida “Namangan Premium Invest” MChJ nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniya tumanning Islom Karimov ko‘chasida, 18 gektar maydonda “Namangan square” ko‘p qavatli turar joy majmuasini o‘z ichiga olgan aqlli shaharchani qurish loyihasini amalga oshirmoqda.

Bu loyiha 50,0 mln dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Namangan square” aqlli shaharchasini 2026 yilda to‘liq topshirish rejalashtirilgan. Loyiha Davlatobod tumanining eng qulay qismida, Namangan xalqaro aeroporti va Prezident maktabi yaqinida joylashgan.

“Namangan square”da golf maydoni ham quriladi. 325 ming kvadrat metrdan ziyod hududda 2ta tijorat va zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmuasi barpo etiladi. Aqlli shaharcha hududida bolalar bog‘chasi, boshlang‘ich va o‘rta maktab, biznes markaz va zamonaviy mehmonxona ham qad rostlaydi.

Aqlli shaharchaning afzallik tomonlaridan yana biri shuki, bu yerda gaz, elektr energiyasi va suv bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, mazkur loyiha Farg‘ona vodiysida yagona hisoblanadi. Chunki ushbu majmuaning 40 foiz hududi yashil maydonchalardan iborat bo‘ladi.

2019 yil oxirida loyiha tasdiqdan o‘tib, qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 2020 yil bahoridan 2021 yil kuz fasliga qadar mamlakatimiz va dunyoning juda ko‘p hududlaridagi kabi kuzatilgan karantin davridan keyin kompaniya o‘z ishini yana davom ettirdi va hozirgi kunga kelib kompaniya 9 mln AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirdi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mazkur loyihani amalga oshirish bilan birga mamlakatimizning qurilish sanoatiga jahon standartlariga mos zamonaviy texnologiyalar ham kirib kelmoqda.

Yangi yil bayramoldi tadbirimiz Namangan viloyati hokimligi, Davlatobod tuman hokimligi hamda Murari Lal Jalan boshchiligidagi MJ Developers kompaniyasining viloyatdagi bo‘limi a’zolari tomonidan tashkillashtirildi.

Asosiy maqsadimiz – hammamizning guvohligimizda zamonaviy, shinam xonadonlarni o‘z egalariga topshirishgina bo‘lib qolmay, uni o‘z vaqtida va sifatli yakunlashdan iborat.

- “Namangan square”loyihasi yakuniga yetishiga shubha paydo bo‘lgan edi. Biz o‘tgan haftada investorlar – MJ Developers kompaniyasi vakillari bilan gaplashib oldik. Bugun loyihaning birinchi qismini foydalanishga topshirish marosimidamiz”, – deydi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Davlatobod tumanidagi yangi uy-joy majmuasi ochilish marosimida. “Biz loyihani albatta investorlar bilan oxiriga yetkazmasdan qo‘ymaymiz. Kelgusida qolgan binolarimizni ham tezroq bitirib, mana investorimiz rejasi bo‘yicha keyingi yil mart oyidan boshlab juda katta qurilish ishlarini boshlayman, deb va’da berdi. Bu yana bir imkoniyat. Tezlatib ishga tushirishsa, fuqarolarimiz ham bundan rozi bo‘lishadi”.

Binoda hozir 49 ta xonadon tayyor. Ulardan 14 tasi bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Tadbir doirasida 4 ta xonadon egalariga uy kalitlari va hujjatlari rasman topshirildi hamda ularga hokimiyat va kompaniya tomonidan sovg‘alar topshirildi.

“Guvohi bo‘layotganingiz, O‘zbekistonda boshlangan juda ko‘p betakror loyihalarimizdan biri xolos”, – deydi MJ Developers kompaniyasi raisi Murari Lal Jalan. “Maqsadimiz – mavjud barcha loyihalarni Namangan, Toshkent va Buxoro shaharlarida imkon qadar tez fursatlarda, o‘z vaqtida va hatto muddatidan oldin yakunlashdan iboratdir”.

“Bundan keyin ham O‘zbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlikda va uning ko‘magi bilan mahalliy aholi hayotini yaxshilash uchun yanada katta shijoat va g‘ayrat bilan ishlashga va’da beramiz”.

 

“MJ Developers” kompaniyasi matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid