2018 yilning 28 sentabr kuni MJ Developers Özbekiston hukumati bilan 100 million dollarlik sarmoya şartnomasini imzoladi. 2019 yilda özaro mahsulot aylanmasi 329,6 million dollarni taşkil qildi.
Namanganda faoliyatimizni boşlaganimizga ikki yil, Minerva City loyihasi boşlanganimizga esa bir yil böldi. Biz Özbekistondagi 4 ta yirik loyihaga katta miqdorda sarmoya kiritdik va faoliyatimiz davomidagi ayrim voqealarni siz bilan baham köriş vaqti keldi, deb hisoblaymiz.
Qaysidir işlarimiz yaxşi ketdi, ba’zan esa qiyinçiliklarga duç keldik, menimça, bu har qanday biznes uçun muqarrar, - deydi janob Jalan.

Asosiy ğoya – «niyat yaxşi va şaffof bölişi kerak», bu – biz MJda amal qiladigan tamoyil.
Poytaxtning biznes tumanidagi kiçik loyihani amalga oşiriş örniga, nega yirik loyihalarga sarmoya kiritişga qaror qilganimiz haqida bir neça asosiy fikrlar bilan örtoqlaşmoqçiman.
Odatda, har bir kişi boşqa mamlakatga kelganida yangi narsalarni sinab körişni xohlaydi, ammo bizning qaraşimiz biroz boşqaça edi. Nafaqat loyiha işlab çiqiş, balki mahalliy va xalqaro bozor e’tiborini tortadigan loyiha yaratiş. Agar siz xorijiy sarmoyadorlar e’tiborini jalb qilmoqçi bölsangiz, konsepsiya va dizayn nuqtai nazaridan yangilik kiriting. Bu xalqaro bozorda qadrlanadi.
Şuningdek, loyihamiz kölami mahalliy aholi uçun iş örinlari yaratiş, Özbekiston bozoriga turli texnologiyalarni joriy etiş imkonini berdi.
Dubaydagi development – klassik misol. Şahar qiyofasi bir neça yillar davomida şakllanib kelmoqda, bugungi kunda u dunyodagi eng taniqli şaharlardan biridir. Bunday miqyosdagi loyihalar katta vaqt resurslarini talab qilişini yaşirmaymiz. Maqsadimiz – loyihamizni öz muddatida va hatto undan oldinroq ham yakunlaş.
Ayni damda Toşkentda aholi turmuş tarzi ehtiyojlarini qanoatlantiriş böyiça yetarli qulayliklar mavjud emas, köngiloçar soha kam rivojlangan. Loyihamizni yaratişda yangi yondaşuvdan foydalanamiz va jahon darajasidagi turmuş tarzi uçun kerak bölgan barçasini birlaştirişga intilamiz. Biz uydan işgaça va uyga qaytgunça bölgan masofada töliq hayot sikliga e’tibor qaratamiz – tuğilişdan boşlab, şifoxona-yu ta’lim muassasalarigaça (maktablar), körkam sport maydonlaridan tortib oliy ta’lim muassasalarigaça (universitetlar), şoping va köngiloçar savdo maydonlarigaça, bularning hammasida hatto katta yoşdagi insonlar uçun ham köplab qulayliklar mavjud».
















