15:10 / 26.05.2020
55678

25 may kuni Izboskanda ommaviy tadbir o‘tkazildi. 23 may kuni ushbu tumanda aholi orasida virus aniqlangan

25 may kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida «Andijon namunasi» asosida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida piyoda yurish tashkil etilgan. Tuman hokimligi matbuot xizmati ushbu ommaviy tadbirdan olingan suratlarni e'lon qildi.

Suratlarda keksa yoshdagi kishilarni ham ko‘rish mumkin.

E'tiborli jihati, bu suratlarda «Uyda qoling» yozuvi ham yopishtirilgan. 

Qayd etish kerakki, Izboskan tumani may oyi boshida respublika maxsus komissiyasi tomonidan «yashil» hududlar toifasiga kiritilgan. Ammo «Koronavirus info» rasmiy kanali tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga tayanib xabar berishicha, 23 may kuni Izboskan tumanida yashovchi bir kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 51 kishi karantinga olingan. Ularning orasida oila a'zolari bor.️ Shu bilan birga, bemor bilan aloqada bo‘lgan 26 kishidan ham virusologik tahlil uchun surtma namunalari olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon viloyatida so‘nggi kunlarda kasallanish holatlari to‘g‘risida ma'lumot bermagan. Vazirlik viloyatda so‘nggi marta 17 may kuni 5 kishida kasallanish holatini qayd etgan.

25 may kunidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatida jami 175ta holat qayd etilgan (bu raqam 17 may kunidan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda), shu vaqtgacha 167 nafar bemor to‘liq sog‘aygan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top