Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 3 tup chinorni kesib, sexga sotib yuborganlarga jazo tayinlandi
Izboskan tumanida 2 fuqaro «xonadoniga xavf tug‘dirayotgani va qurilish ishlariga xalal bergani uchun» 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgandi. Sud ularga 131,4 mln so‘mlik zararni qoplash bilan birga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Foto: Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Andijon viloyatida uch tup chinorni hech qanday ruxsatnomasiz kesgan fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ularga qanday jazo tayinlanganini ma’lum qildi.
4 aprel kuni viloyatning Izboskan tumanida yashovchi fuqarolar — A.A. va M.I. o‘zaro til biriktirib, uch tup g‘arb chinori daraxtini go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotgani va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganini ro‘kach qilib kesib yuborgan. Ular kesilgan chinorlarni Namangan viloyati, Uychi tumanida joylashgan yog‘ochni qayta ishlash sexiga olib borib sotgan. Bu orqali o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan va A.A. va M.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 18 sentabr kuni daraxtlarni kesganlarga sud hukmi o‘qildi.
Unga ko‘ra, uch tup g‘arb chinorini kesganlarning har biriga keltirilgan zararni qoplash bilan birga, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Mavzuga oid
20:17 / 08.03.2026
Farg‘onada 90 tup tol noqonuniy kesildi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
13:06 / 05.03.2026
Chirchiq daryosi sohilida tozalash ishlari boshlandi
11:38 / 05.03.2026