Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi metan zapravka narxni asossiz oşirgani uçun gaz ta’minotidan uzib qöyildi. Bu haqda «Özenergoinspeksiya» matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat qarori bilan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida tabiiy gazni sotişda uning eng baland çakana narxi 2024 yil 1 iyungaça bir kub metr uçun 3 350 söm qilib belgilangandi. Bu talabga rioya qilmagan AGTKŞlarga nisbatan tegişli çoralar körilişi ma’lum qilingandi.

2 aprel kuni Andijon viloyati, Izboskan tumanida joylaşgan «B.I.M» MÇJga qarşli AGTKŞ asossiz ravişda narxni oşirganlik holati yuzasidan kelib tuşgan murojaat «Özenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan örganilgan.

Örganiş natijasida uşbu metan zapravka mas’ullari ogohlantirilişiga qaramasdan, sun’iy ravişda narx oşirgani aniqlangan. Uşbu noqonuniy faoliyatga nisbatan tegişli çoralar körilib, qoidabuzar iste’molçi tabiiy gaz tarmoğidan uzilgan.