Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent bozorlarida tijoriy maqsadda video olish pulli bo‘ldi
Poytaxt hokimining qarori bilan, bozorlar va savdo komplekslarida tijoriy maqsadda video yoki tasvirga olish pulli bo‘ldi: to‘lov miqdori – soatiga 5 mln so‘m. Bu tartib chet el fuqarolari va OAV xodimlariga taalluqli emas. Shuningdek, bozorlarning avtoturargohlari uchun yangi tariflar ham tasdiqlandi: shanba-yakshanba kunlari 4 soatdan ortiq vaqt uchun 50 ming so‘m undiriladi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori bilan, shahardagi bozorlar va savdo majmualarida ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlar uchun yangi tariflar joriy etildi.
Endilikda poytaxt bozorlari va savdo komplekslarida tijoriy maqsadda video yoki tasvirga olishning bir soati uchun 5 mln so‘m miqdorida to‘lov undiriladi. Bu cheklov xorijiy turistlar va ommaviy axborot vositalariga tatbiq etilmaydi.
Qaror bilan, bozorlar avtoturargohlarida yengil avtomobillar uchun yangi to‘lov miqdorlari ham tasdiqlandi. Bunda shanba–yakshanba kunlari uchun tariflar oshirilgan:
- 20 minutgacha vaqt uchun – 5 ming so‘m;
- 40 minutgacha vaqt uchun – 7 ming so‘m;
- 1 soatgacha vaqt uchun – 8 ming so‘m;
- 2 soatgacha vaqt uchun – 9 ming so‘m;
- 3 soatgacha vaqt uchun 25 ming so‘m;
- 4 soatgacha vaqt uchun 35 ming so‘m;
- 4 soatdan ortiq vaqt uchun esa 50 ming so‘m undiriladi.
Boshqa kunlari esa tariflar nisbatan pastroq bo‘lib qoladi.
Yangi narxlar “bozorlar yaqinida tirbandlikni kamaytirish va avtoturargohlar yuklamasini tartibga solish maqsadi” bilan izohlangan.

Mavzuga oid
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
20:49 / 02.01.2026
Amirsoy va Bildirsoyga olib boruvchi yo‘lda bir tomonlama harakat tashkil etildi
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025