Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumanidagi bozorlardan biri rahbarining noqonuniy harakati foş etildi.
Ma’lum bölişiça, u öz xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini boşlamoqçi bölgan fuqaroga bozor hududida joylaşgan, ammo tegişli hujjatlari rasmiylaştirilmagan savdo dökonini sotişni taklif qilgan. Şuningdek, keyinçalik uşbu dökonni uning nomiga rasmiylaştirib berişini va’da qilib, bu “xizmat” evaziga 80 mln söm talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mansabdor şaxs tadbirkordan 6600 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











