Jahon | 00:40 / 03.11.2025
3315
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada giyohvandlik vositalarini saqlashda gumonlanib qamoqda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi ozodlikka chiqarildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari hibsda saqlanayotgan bir qator O‘zbekiston fuqarolari bilan konsullik uchrashuvlari o‘tkazdi.

Foto: Telegram/istanbul2020Boshkonsulxona

Turkiyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish choralari doirasida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurishdi.

Xabar qilinishicha, tashrif davomida hibsda saqlanayotgan bir qator O‘zbekiston fuqarolari bilan konsullik uchrashuvlari o‘tkazildi.

“Ularga zarur huquqiy maslahatlar berildi hamda keyinchalik sud jarayonlarida ularni himoya qilayotgan advokatlar bilan ham alohida huquqiy maslahatlashuvlar amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib, 2024 yildan buyon Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi F.A., navbatdagi sud majlisi qaroriga asosan sud zalidan ozodlikka chiqarildi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid