Jamiyat | 21:30 / 09.11.2017
12365
3 daqiqa o‘qiladi

Qachon qayta tiklanuvchi energiya manbalariga to‘liq o‘tiladi?

Foto: politring.com

Barcha mamlakatlarning 2015 yildan 2050 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)ga o‘tishiga doir tadqiqot Lappeyenranta texnologiya universiteti (Finlyandiya) va Energy Watch (EWG) xalqaro tadqiqot guruhi mutaxassislari tomonidan QTEM xalqaro ko‘rgazmasi uchun maxsus tayyorlandi. Ko‘rgazma 8 noyabr kuni BMTning Bonndagi Iqlim o‘zgarishiga doir anjumani doirasida ochildi. Tadbir mavqeining o‘zi ma'ruza hech bo‘lmaganda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan qo‘llanma sifatida qo‘llanishiga ishora qilmoqda. Bu ularning qazib olinuvchi yonilg‘idan voz kechish jarayonining tezlashishini bildiradi

Tadqiqot mualliflari 2050 yilga borib nafaqat qayta tiklanuvchi energiya manbalariga to‘liq o‘tish bo‘yicha texnologik imkoniyatlar borasida, balki ularning uglevodorod hamda atom manbalarga nisbatan iqtisodiy samarasi ham katta ekaniga borasida birdek xulosaga kelishdi. 

"2050 yilga borib mavjud texnologiyalar asosida elektr ta'minoti tizimining to‘liq dekarbonizatsiyasi amalga oshirilishi kutilmoqda va u amaldagi tizimdan arzonroqqa tushadi. Energetik burilish allaqachon texnik yoki iqtisodiy muvofiqlik masalasi emas, faqat siyosiy vaziyatga bog‘liq bo‘lib qolgan", - deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Kristian Breyyer.

"Qazib olinuvchi yoki atom energoresurslarga hatto bir dollar kiritishdan ma'no yo‘q, - deydi EWG prezidenti Xans-Yozef Fell. - Qayta tiklanuvchi energiya tejamli  energiya ta'minotini ta'minlamoqda. Istiqboldagi ko‘mir, yadro, gaz va neft sanoatini kengaytirishga doir barcha rejalar to‘xtatilishi kerak".

Olimlar dunyo energetik muvozanati qanday va nima uchun o‘zgarishiga aniqlik kiritishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib qayta tiklanuvchi energiyaning o‘rtacha qiymati (2015 yilgi MVt/s uchun 70 yevrodan) MVt/s uchun 52 yevrogacha pasayib ketadi. QTEMga o‘tish ko‘rsatilgan muddatga borib energetika sektorida 36 million qo‘shimcha ish joyini yaratadi, bu hozirgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 17 millionga ko‘p.

2030 yilga qadar o‘sish sur'atlariga ko‘ra shamol energetikasi yetakchilik qiladi, u 12 yildan keyin dunyo elektr energiya iste'molining 32 foizini ta'minlaydi. Shundan keyin quyosh generatsiyasi oldinga o‘tadi, quyosh energetikasining dunyo energomuvozanatidagi ulushi 2050 yilga borib 69 foizga oshadi. 

Hozirda 58 foizni tashkil qiluvchi elektr energiyasining yo‘qotilishi ulushi 26 foizgacha pasayadi. Dunyo energetikasi, nihoyat, issiqxona bug‘lari chiqindilaridan to‘liq xalos bo‘ladi (hozirda bu ko‘rsatkich yiliga 11 gigatonna CO2'ni tashkil qiladi). 

Mavzuga oid