Bosh prokuratura jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar bo‘yicha statistikani ochiqladi
Joriy yilning 3 oyi davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 4 nafari viloyat va 111 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytildi.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 21 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 7 nafari firibgarlik, 6 nafari mansab soxtakorligi, 3 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 1 nafari mansab mavqeini suiiste'mol qilish va 27 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 51,3 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 18,3 mlrd. so‘mi undirilgan.
Mavzuga oid
10:52 / 31.12.2024
Bir jinoyat tarixi - Fransiyada “Reno” kompaniyasining rahbari nega o‘ldirilgan edi?
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024