Toşkentlik 70 yoşli Rahmatilla Samatovning mehnat faoliyati davri asosan jazoni ijro etiş muassasalarida ötdi. Nafaqaga çiqib, nabiralari davrasida qarilik gaştini suradigan bir paytda oilaviy kelişmovçiliklar ortidan özi qamoqqa tuşib qoldi. 34 yoşli Mansurbek to öğrilikka qöl urib, qamoqqa tuşguniga qadar katta idorada haydovçi bölib işlardi. Prezident farmoni bilan afv etilib, oilasi bağriga qaytgan bu ikki suhbatdoş qamoqxonadagi hayot va ozodlikning qadri haqida sözlab berdi.
Şavkat Mirziyoyev jazo muddatini ötayotgan 483 nafar şaxsni afv etdi. Bu Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi hamda undagi 109-moddaga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan mahkumlarga qaratildi. Unga köra, afv etilganlarning 107 nafari jazodan töliq, 275 nafari şartli ozod qilindi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroğiga almaştirildi. Şuningdek, 94 nafar şaxsning jazo muddatlari qisqartirildi. Kun.uz muddatidan ilgari ozodlikka çiqqan 2 nafar fuqaro bilan suhbatlaşdi.
Muddatidan ilgari ozodlikka çiqqanlardan biri 70 yoşli Rahmatilla Samatov bölib, muqaddam jazoni ijro etiş muassasalarida işlagan. Oilaviy mojarolar esa uni panjara ortiga olib borgan.
“Mening kuyovim Turkiya fuqarosi. U Toşkentda iş topolmay yurib, içib yurardi. Mening nevaram, uning xotini. Işdan kelib, doim nevaramni urardi. Men bir kuni ovqat qilib turgandim, nevaramning yonini oldim, şunda u boşimga muşti bilan urib, yorib qöydi. Qoçib ketmoqçi edi, qölimdagi piçoqni uning qorniga sançdim. U tirik qoldi. Şundan keyin şifoxonaga bordim, boşimning yirtilgan qismini tikişdi. Keyin içki işlar xodimlari keldi. Ular mendan nima bölgani haqida söradi. Keyin kuyovimni deport qilmasin deb, ikkinçi qavatdan yiqilib tuşdim deb aytdim. Kuyovim esa uni piçoqlaganimni gapirib berdi. Şu bilan meni ertasiga PPS olib ketdi”, deydi Rahmatilla Samatov.
Rahmatilla Samatov JKning 104-moddasi 2-qismi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Tayinlangan jazoning 1 oyi ötgaç, turk fuqarosi qaynotasiga nisbatan davosi yöqligini bildirgan, keyin sudlanuvçi probatsiya nazoratiga ötkazilgan.
Zonada hammasidan yoşi katta men edim. Endi yuziga qarasangiz, mendan ham katta deb öylaysiz. Şu yerdagi IIB xodimi qanaqa qilib çollarni oldiga tuşib qoldingiz, deb söradi. Men hammasidan kattaman deyman. Afv etilib, qamoqdan çiqqanimda birinçi bölib qizim oldimga keldi. Yugurib borib, quçoqladim, 3-4 minut şunday turdik, juda xursand edim.
Hayotimdagi eng esda qolarli voqea şu böldi. Nimaga desangiz, men “zona”da işlaganman. Undan keyin “Toşturma”da har xil iş bilan şuğullandim. Közim pişib ketgan desayam böladi”, deydi u.















