Soğliqni saqlaş vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2020 yilning ilk matbuot anjmunini boşlab berdi. Unda «Nogironligi bölgan şaxslarga alohida e'tibor: nogironlikni belgilaş tartiblari va yaratilayotgan imtiyozlar» mavzusi muhokama qilindi.
«Yurtimizda nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş borasida muhim loyihalar amalga oşirilmoqda. Xususan, sönggi uç yil içida 64 ming nafar yolğiz keksalar, pensionerlar va nogironligi bölgan şaxslar öz uyida tibbiy-ijtimoiy xizmat bilan qamrab olindi. 74 ming nafardan ziyod nogironligi bölgan şaxsga tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari körsatildi. Uşbu yönalişda kadrlar tayyorlaş, ilm-fanni rivojlantirişga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti negizida birinçi marta ijtimoiy tibbiyot kafedrasi taşkil etildi. Mamlakatimizda ilk bor nogironlarning haq - huquqlarini himoya qiluvçi qonun loyihasi tayyorlanib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida birinçi öqişda qabul qilindi.
Bu haqda bugun Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2020 yilda ilk bor taşkil etilgan “Nogironligi bölgan şaxslarga alohida e'tibor: nogironlikni belgilaş tartiblari va yaratilayotgan imtiyozlar” mavzusidagi matbuot anjumanida aytib ötildi.

Unda qayd etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – yolğiz keksalar, pensionerlar va nogironligi bölgan şaxslarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalaş borasida zamonaviy tizim yaratilgan. Prezidentimizning 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni hamda 2018 yil 20 iyunda “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari işlab çiqarilişini rivojlantiriş hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida keyingi yillarda bu yönalişdagi işlar yangi bosqiçga kötarilmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi taşkil etilişi bu yönalişda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning izçilligi va manzilliligini ta'minlaşda muhim omil bölmoqda. Bugungi kunda agentlik tizimidagi reabilitatsiya markazlarining moddiy-texnika bazasini kuçaytiriş borasida maqsadli işlar amalga oşirilmoqda. Tadbirda, şuningdek, yurtimizda faoliyat yuritayotgan jami 107 ta tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari faoliyatini zamon talabidan kelib çiqib takomillaştiriş, nogironlikni belgilaşda şaffoflik va oçiqlikni ta'minlaş, bunda zamonaviy uslublarni joriy qiliş, nogironligi bölgan şaxslarning hayot sifati va darajasini oşiriş, ular uçun qulay va maqbul muhitni ta'minlaş, körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar samaradorligi va natijadorligini oşiriş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar ham tahlil etildi.









