O‘zbekiston | 14:38 / 31.05.2024
5926
2 daqiqa o‘qiladi

"OAVni yanada erkin qilish borasida katta rejalarimiz bor" - Komil Allamjonov

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov Jahongir Azimov Milliy mass-media fondiga rahbar etib tayinlangani bilan tabrikladi.

"Jamiyat uchun muhim lavozimlarga iqtidorli yoshlarning tayinlanishi kishini quvontiradi.

Oldiga qo‘ygan maqsadlari yo‘lida Jahongir Azimovga kuch-quvvat va omad yor bo‘lsin, ezgu qadriyatlariga doim sodiq qolsin. 

OAVni yanada erkin qilish borasida katta rejalarimiz bor!" deb yozadi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori o‘zgardi.  

Amalda Fond direktori sifatida ishlab kelayotgan Akramjon Fozilov fondning Vasiylik kengashi raisi lavozimiga ma’qullandi. 

Uning o‘rnini esa Jahongir Azimov egalladi

Jahongir Azimov 1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2016 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2022 yilda AQShning Alabama universitetida ijodiy jurnalistika bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini O‘zbekistondagi BMT doimiy koordinatori idorasida boshlagan. 2017 yilda O‘zbekistondagi birinchi TEDx, TEDxMustaqillikSquare konferensiyalari tashkilotchisi bo‘lgan. Shundan keyin Voice of Tashkent’da mustaqil muallif bo‘lggan, so‘ngra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligida, Gazeta.uz nashrida ishlagan; Toshkentdagi Vebster universitetida dars bergan.

Mavzuga oid