O‘zbekiston | 08:00 / 22.09.2021
9790
1 daqiqa o‘qiladi
Xususiy shifoxonalarda kimlar bepul davolanishi mumkinligi ma'lum qilindi
2022 yil 1 yanvargacha xususiy tibbiyot muassasalari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan bo‘shaydigan mablag‘larni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirganda barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilgan.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, soliq imtiyozi taqdim etilgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:
- o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar;
- muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
- ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
- 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1941–1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.
Mavzuga oid
09:45 / 10.09.2024
Jizzaxda uch aka-uka shifoxonada bezorilik qildi
12:46 / 09.08.2024
Qashqadaryoda yo‘qolib qolgan ayolning jasadi shifoxonadagi lift shaxtasidan topildi
14:32 / 25.07.2024
«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
19:13 / 09.07.2024