Jizzax şahrida joylaşgan şifoxonada bezorilik qilgan va uning jihozlariga zarar yetkazgan uç nafar aka-ukaga çora körilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, ukasining Jizzaxdagi şifoxonalardan biriga yotqizilganini eşitgan uç nafar aka-uka tungi soat 23:40 atrofida uni körgani kelişgan.

Navbatçi hamşira ularga jarrohlik amaliyoti ötkazilayotgani sabab hozir bemor bilan körişa olmasliklarini aytgan. Şunda aka-ukalar janjal kötargan.

Ulardan biri hamşiralarni haqorat qilib, qabul bölimidagi şişa tösiq, kompyuter ekrani va eşik oynasini sindirgan. Şuningdek, janjalga aralaşgan bir fuqaroga tan jarohati yetkazilgan.

Bundan taşqari, aka-ukalar janjalga çek qöyiş uçun yetib kelgan içki işlar xodimlariga ham qarşilik körsatişga uringan.

Suriştiruvlar davomida aka-ukalar mast qiluvçi içimliklar ta’siri ostida bölgani va ularning bemor ukasi özini özi piçoq bilan yaralagani ma’lum bölgan.

Huquqbuzarlarga MJtKning tegişli moddalari tartibida hujjatlar rasmiylaştirilib, jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar tumani sudiga yuborilgan.

Sud hukmiga köra, aka-ukalarning ikki nafariga 15 kun muddatga ma’muriy qamoq, bir nafariga BHMning 12 baravari miqdorida jarima jazosi qöllangan.