Vazirlar Mahkamasi “Toşkent şahar bolalar köp tarmoqli şifoxonasini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaşga möljallangan maxsus Zangiota 2-son şifoxonasining böş turgan bino va inşootlaridan samarali foydalaniş hamda 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida Toşkent şahar hokimligining “Toşkent” MFY Yangi aylanma yöli manzilida joylaşgan “Zangiota-2” şifoxonasi örnida davlat budjetidan moliyalaştiriladigan davlat muassasasi şaklidagi 500 örniga möljallangan Toşkent şahar bolalar köp tarmoqli şifoxonasi taşkil etiladi.

“Zangiota-2” şifoxonasining bino va inşootlari tegişli hududi bilan bolalar şifoxonasiga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Şifoxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat böladi:

  • 18 yoşgaça bölgan bolalarda zarur tibbiy tekşiruvlarni ötkaziş, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslaştirilgan statsionar yordamini körsatiş;
  • tuman tibbiyot birlaşmalariga amaliy-metodik yordam beriş;
  • Toşkent şahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boşqaruv usullarini joriy etişda kömaklaşiş;
  • tibbiyot xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişda iştirok etiş.

2024 yil 1 sentabrga qadar Bolalar şifoxonasining bino va inşootlarida zarur quriliş hamda ta’mirlaş işlari amalga oşirilib, bolalarga tibbiy yordam körsatişga moslaştiriladi.