3 avgust kuni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Qaşqadaryo filialiga qaraşli eski temiryöl şifoxonasidagi lift şaxtasidan ayol jasadi topilgan. Bu haqda «Markaziy studiya» körsatuvida xabar berildi.
Ma’lum qilinişiça, Qarşi tumanining Qoratepa mahallasida yaşovçi ayol 3 avgust kuni işga borgan va odatdagidek öz iş faoliyatini davom ettirgan. Tuşga yaqin binodagi liftdan foydalaniş maqsadida uning eşigini oçgan. Taxminlarga köra, ayol şu paytda lift nosozligi sababli şaxtaga tuşib ketgan.
Oradan bir neça soat vaqt ötgaç, şifokorlar orastabonning körinmay qolganini sezib, uning şu şifoxonada işlaydigan singlisiga aytgan. Izlaş işlaridan natija bölmagaç, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berilgan.
Oradan deyarli 20 soat vaqt ötib, 4 avgust kuni ayol jonsiz holda lift şaxtasidan topilgan. Hozirda liftdan foydalaniş çeklab qöyilgan.
«Qaçonki oğir bemorlarga yoki oğir biror narsani olib çiqişga muhtojlik bölganida doimiy ravişda liftyorning özi işlatib yordam qilib kelgan. Uning işlaşi liftyorning nazoratida bölgan», — deya ta’kidlagan şifokorlardan biri.
Qöşnilarining sözlariga köra, marhumaning 3 nafar farzandi bölgan, turmuş örtoği işlaş uçun Rossiyaga ketgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Qarşi şahar IIB tomonidan dastlabki tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












