Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
Shu yilning 9 noyabr kuni poytaxtda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi.
9 noyabrda “Yashil shahar” kuni o‘tkazilishi munosabati bilan hokimlik barcha tashkilotlar, korxonalar hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi.
Shu kuni aholi vakillari daraxtlarni o‘zlari xohlagan joyga — uylariga, hovlisiga, korxona hududiga yoki hokimlikka murojaat qilib, boshqa tavsiya etilgan maqbul joylarda ekishlari mumkin.
Hokimlik poytaxtning iqlim sharoiti va mavsumiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, yagona ekotizimni saqlash uchun, mutaxassislar daraxtlarning yaxshi ildiz otishi uchun qalamchalar o‘rniga 2 yoshdan katta ko‘chatlarni ekishni va sug‘orish tizimi mavjud joylarni tanlashni tavsiya etmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026