Kim Chen Inning Rossiyaga sayohati va reabilitatsiyadagi askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 570-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Polsha Rossiya raqamlariga ega avtomobillarni o‘tkazishni to‘xtatdi. Bu davlat YeIning Rossiya qo‘shnilari orasida shunday chora qo‘llagan so‘nggi davlati bo‘ldi.
- Sevastopolga hujumdan keyin Rossiyaning uchta desant kemasi Qora dengizdan Azov dengiziga o‘tkazilgan.
- Rossiyaning «Samum» raketa kemasi ukrainlar hujumidan keyin shatakka olib ketilayotgani aks etgan foto paydo bo‘ldi.
- Xarkiv shahriga raketa zarbasi oqibatida besh kishi yaralandi. Xarkiv oblasti o‘qqa tutilishi vaqtida ikki kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan.
- Berlinda Anna Netrebko Berlin operasida chiqish qilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi.
- RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Kaluga, Tver va Belgorod oblastlarida dronlarni urib tushirgan.
- Anneksiya qilingan Qrimda ukrainalik tadbirkorlarning milliylashtirilgan mulklarini sotish bo‘yicha birinchi auksionlar bo‘lib o‘tdi.
- Kim Chen In Vladivostokdagi Knevichi aerodromiga tashrif buyurdi. Shoygu unga «Kinjal» va «Kalibr» raketa komplekslarini namoyish etdi.
Kun kadri. Qora dengizda vaqtinchalik g‘alla yo‘lagi
Rossiya Ukraina don mahsulotlarini Qora dengiz orqali olib chiqishni kafolatlovchi «g‘alla kelishuvi»dagi ishtirokini iyul oyi o‘rtalarida to‘xtatgandi. Shundan buyon uch mamlakat yetakchilari va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar kelishuvni tiklashga chaqirib kelmoqda, bu kelishuvsiz butun dunyoda, ayniqsa, Afrika va Yaqin Sharqning qashshoq mamlakatlarida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilib ketishi mumkin.
G‘arb yetakchilari ham, Xitoy ham kelishuvga qaytishga chaqirmoqda, bu haqda G20 yakuniy deklaratsiyasida ham yozilgan, Turkiya va BMT muzokaralarda faol vositachilik qilmoqda. Ammo Moskva ham, Kiyev ham hozircha o‘z pozitsiyalarini yumshatish haqida o‘ylamayapti. «SovEkon» tahlil markazi direktori Andrey Sizovning qayd etishicha, ikki davlat uchun ham hozirgi mavjud shartlarda kelishishdan ma’no yo‘q: Ukraina kelishuv to‘xtatilganidan keyin ham g‘allani Dunaydagi daryo portlari va quruqlik orqali olib chiqishda davom etmoqda, iyul-avgust oylarida mamlakat qariyb 5 million tonna g‘alla eksport qilgan, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlar bilan teng. Shu tariqa, Qora dengiz g‘alla terminallari ishlamasa ham, Ukraina o‘zining eksport salohiyatini to‘liq yoki deyarli to‘liq amalga oshirishi mumkin.
Shunga qaramay, avgust oyida Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Qora dengizda «vaqtinchalik humanitar yo‘lak» tashkil etilganini xabar qilgandi. Avvaliga u portlarda o‘tgan yil fevralida qamalib qolgan kemalarni olib chiqish uchun foydalanilishi ko‘zda tutilgandi, ammo istiqbolda kemalar g‘alla terminallariga o‘tishida ham foydalanilishi mumkin. Ukraina infratuzilmalar vaziri Oleksandr Kubrakovning aytishicha, ilk fuqarolik kemalari allaqachon bu yo‘lakdan foydalanishgan.
Sergey Shoygu Vladivostokda Kim Chen In bilan uchrashdi
Suddagi Igor Kolomoyskiy
2 sentabr kuni Kiyevdagi sud Igor Kolomoyskiyni ikki oy muddatga hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi — u yaqin o‘tmishda Ukrainadagi eng nufuzli tadbirkorlardan biri bo‘lgan. So‘nggi yillarda hukumat unga bosimni kuchaytirib kelayotgandi: uning biznesining nisbatan foydali qismi milliylashtirildi, Kolomoyskiyga qarshi korrupsiya bo‘yicha bir nechta ish ochildi, uning uyida tintuvlar o‘tkazildi, o‘zi esa Volodimir Zelenskiyning maxfiy farmoni bilan fuqarolikdan mahrum etildi.
Yaqinda Kolomoyskiyga uchinchi ayblov e’lon qilingandi — 5,8 milliard grivnani noqonuniy o‘zlashtirish bo‘yicha. Ukraina xavfsizlik xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, 2013-2014 yillarda Kolomoyskiy o‘ziga tegishli bo‘lgan «Privatbank» xodimlaridan iborat jinoiy guruh tuzgan, ular orqali soxta pul omonatlari tizimli ravishda bank kassasiga o‘tkazilgan, ammo aslida hech qanday mablag‘ olinmagan.
O‘lja qilingan Rossiya texnikalari Kriviy Rihda
Zaporijjya oblastidagi vayron bo‘lgan g‘alla ombori
Zaporijjya oblastidagi ferma
SSSR davrida qurilgan bu fermada 58 bosh sigir va 104 echki boqiladi. U ukrain harbiylari nazoratida qolgan hududda joylashgan.
Reabilitatsiya jarayonidagi sayrga chiqqan ukrainalik askarlar
Mavzuga oid
19:41
Rossiya kolonnasi Kupyanskka yorib kirgan, ammo Ukraina uni yakson qilganini aytmoqda. Nimalar ma’lum?
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024