Kun.uz jamoatçilik faollari iştirokida sud tizimidagi sönggi özgarişlar, şuningdek, tizimdagi muammolar yuzasidan tahliliy suhbat ötkazdi.

Kozimjon Komilov Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylanganidan 2 oy ötib, işdan olindi. Endi u Konstitutsiyaviy sudda sudyalik qiladi.

Xöş, Komilov ikki oy avval Oliy sud raisligiga nega tayinlangandi-yu, 10 avgust kuni yana nega işdan olindi?

Bunga rasman aytilganidek, Komilovning soğliğidagi muammolar sabab bölsa, u qanday qilib nufuz jihatidan Oliy suddan yuqoriroq bölgan Konstitutsiyaviy sudda sudyalik qiladi?

Odamlarda-çi, ularda sudlar faoliyatiga nisbatan e’tirozlar, noroziliklar nega bunçalik köp?

Kun.uz muxbiri Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov va advokat Jahongir Mutalipov iştirokida sud hokimiyati va yuqoridagi vaziyat tahliliga bağişlab intervyu ötkazdi.

— Kozimjon Komilovning Oliy sud raisligiga qayta saylanganiga köp vaqt bölmagandi. Xöş, bu lavozim özgarişni qanday tuşuniş kerak?

Rasul Kuşerbayev:

— Bu özgariş şaxsan men uçun ham yangilik böldi. Rosti, Kozimjon Komilov ikki oy avval lavozimga qayta saylangaç, bu sohada özgarişlar bölişiga qiziqişim qolmagandi. Işlar avvalgiday bir me’yorda ketsa kerak, degan fikr bor edi. Bu qandaydir kutilmagan qadam böldi.

Albatta, menda bu borada aniq faktlar yöq, lekin fikrimça, bu sönggi vaqtlarda yuqori rahbariyatda bölayotgan özgarişlar bilan bevosita boğliq. Nima bölganda ham bu özgarişdan yomonlik emas, köproq ijobiy ma’no qidirişga harakat qilyapmiz. Qisqa vaqtda esa aytilayotgan fikrlar, umidlar özini qançalik oqlaşini körişimiz mumkin.

Abdurahmon Taşanov:

— Sönggi ikki oy bizda özgarişlar davri bölyapti. Konstitutsiya islohoti, Qoraqalpoğistondagi voqealar va umuman, odamlar bilan qanday gaplaşiş kerak, ularga nima deyiş, ularning huquqlari borasida nimalar bölişi kerak, degan savol paydo böldi. Bu savol esa hukumatni ança huşyor torttirdi.