Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi
Prezidentning «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2021 yilda dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi maqsadli parametrlari;
- 2021 yilda dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo‘naltirilgan dasturlarga quyidagilar kiritilgan:
a) «Har bir oila − tadbirkor» dasturi;
b) fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini, shuningdek xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlari;
v) hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi;
ye) bandlikka ko‘maklashish dasturi.
2021 yil 1 apreldan boshlab, aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
«Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlar maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas'uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari hamda sektor rahbarlari, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘ini raislari zimmasiga yuklatiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun:
a) Moliya vazirligi 1,3 trln so‘m miqdoridagi mablag‘ni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan «Agrobank» ATBga − 700 mlrd so‘m, «Mikrokreditbank» ATBga − 400 mlrd so‘m va AT «Xalq bank»ga − 200 mlrd so‘m yo‘naltiradi;
b) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi uch yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga:
- vakolatli banklarga 1,6 trln so‘mlik kredit resurslari ajratilishini ta'minlaydi;
- AT «Aloqabank»ga − asalarichilikni rivojlantirish uchun 5 mln AQSh dollari ekvivalentida va «Turonbank» ATBga tadbirkorlik sub'yektlarining 10 sotixdan kam bo‘lmagan maydonlarda limonchilikni tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar ajratilishini ta'minlaydi.
Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar MBning asosiy stavkasi doirasida belgilanadi. Tijorat banklariga resurslar MBning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada ajratiladi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025