Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IUT va Qurolli kuchlar akademiyasi ta'lim hamda fan sohasidagi kelishuvni imzoladi
Foto: inha.uz
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi ta'lim hamda fan sohasidagi kelishuvni imzoladi.
Hujjatni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev va O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi boshlig‘i Qobul Berdiyev imzoladi.
Kelishuvning maqsadi ta'lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, ta'lim, metodik va ilmiy ishlarni tashkil qilishda, shuningdek, boshqa ta'lim sohalarida samarali hamkorlik qilish uchun sharoit yaratishdir.
Jumladan, tomonlar o‘quv, metodik va ilmiy ishlarni tashkil qilishda tajriba almashish, birgalikdagi o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirish niyatidalar.
O‘quv muassasalari o‘quv, metodik va ilmiy adabiyotlar, didaktik va axborot-tahliliy materiallar bilan bir qatorda nashrlar bilan almashishni rejalashtirishgan.
Hujjat doirasida, tomonlar ma'ruzalar o‘qish, boshqa turdagi mashg‘ulotlar o‘tkazish, pedagogik mahoratni oshirish, ilg‘or texnologiyalar va pedagogik usullarini joriy etish, tadqiqotlar o‘tkazish uslubining yangi texnikasini o‘zlashtirish, ilmiy kadrlarni tayyorlashda o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar bilan almashadilar.
IUT va O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha suhbatlar, uchrashuvlar va ma'ruzalar o‘tkazishadi, fan, ta'lim va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarini isloh qilish sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishadi.
IUTga tashrifi davomida O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi talabalar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Mavzuga oid
19:53 / 19.02.2023
«Men g‘olib» marafoni g‘oliblari aniqlandi. Toshkentdagi yugurish musobaqasidan fotoreportaj
21:21 / 14.01.2022
Navoiyda bir guruh harbiylar esdalik nishoni bilan taqdirlandi
07:28 / 06.01.2022
Qurolli kuchlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi yaratiladi
21:17 / 12.08.2019