2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaasini boshqarish Milliy markazini zamonaviy aloqa va axborotlashtirish vositalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Qurolli kuchlarining yagona ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimini yaratish ham mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, harbiy va maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bosqichma-bosqich yaratiladi.

Mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.