Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport o‘rniga yangi pasport beriladi
2021 yil 26 yanvar kuni imzolangan prezident farmoniga ko‘ra, endilikda sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport o‘rniga yangi pasport berish tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Farmonga asosan, qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan ma'lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yiladi va unga pasporti olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Vaqtincha xorijda bo‘lgan, pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekistonning konsullik muassasasiga murojaat etganda, uning pasporti olib qo‘yiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qo‘yilgan pasport yo‘q qilish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali ma'lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi.
Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi pasport ma'lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun ichida beriladi:
- ariza;
- protsessual majburlov chorasi bekor qilingani haqida tasdiqlangan qaror nusxasi;
- davlat boji to‘langani haqida kvitansiya.
Shuningdek, tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi pasport rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024
Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
11:29 / 13.07.2024
Singapur pasporti – «eng kuchli», O‘zbekiston pasporti – 79-o‘rinda
11:03 / 29.04.2024