Özbekistonda milliy kvalifikatsiya ramkasi, kasb va mutaxassisliklar böyiça professional standartlar va tabaqalaştirilgan ta'lim dasturlari işlab çiqilmoqda.
Yangi ramka standartlar 2020-2021 öquv yilidan amalga tatbiq etilişi zarur. Bu haqda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenbayev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Ötgan yillar mobaynida Özbekiston professional ta'lim dasturlari YuNeSKO taşkiloti tomonidan qabul qilingan Ta'limning xalqaro standart tasniflagiçi (MSKO) darajalari bilan uyğunlaşmagani, öquv jarayoniga Özbekistonning milliy kvalifikatsiya tizimi töliq joriy etilmagani tufayli mamlakatimizda tayyorlanayotgan kadrlar xalqaro va milliy mehnat bozorida munosib örin egallaşda qiyinçiliklarga duç kelayotgan edilar.
Yangi ta'lim standartlari işlab çiqilişi jarayonida esa ularning xalqaro standartlarga mosligi ta'minlanadi», – dedi Toşkenbayev seşanba kuni Toşkentda ötgan seminarda.

Inspeksiya taşkil etgan seminarda xalqaro ekspertlar va tegişli vazirliklar xodimlari iştirokida mazkur mavzu muhokama qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Bahodir Umrzoqovning aytişiça, Janubiy Koreya uşbu vazifani 30 yil davomida amalga oşirgan.
«Biroq biz milliy malakaviy ramkalarni (kvalifikatsiyalar) aprelgaça - bir neça oy davomida işlab çiqişimiz zarur. Albatta, hozir informatsion texnologiyalar va informatsion raqamlar mavjudligi işimizni osonlaştiradi, biroq zimmamizdagi vazifa katta», – deb ta'kidladi Bahodir Umrzoqov.

«Ayni paytda jahon mehnat bozorida yoşlarimiz qöllarida malaka sertifikati bölişiga qaramasdan eng past miqdorda oylik tölanadigan işlarni qilişga majbur bölişmoqda.
Şunda ham ular orqali har yili Özbekistonga 7,5 millard AQŞ dollargaça mablağni kirib keladi. Agar yoşlarni öqitiş mexanizmini, ta'lim kvalifikatsiyasini xalqaro standartlarga moslaştirsak, xalqaro mehnat bozoridan 20 milliard sömgaça mablağ kirib keladi», – deydi Umrzoqov.











