“Xalqaro taşkilotlar tomonidan inson kapitalini baholaşda ta’lim sifati bilan birgalikda yoş avlod salomatligi ham alohida e’tiborga olinadi. Zero soğlom yoşlar kelgusida yuqori malakali kadrlar sifatida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladi.
Mamlakatimizda bir oy mobaynida onlayn ta’lim olib boriş töğrisidagi qaror ham, soğliqni saqlaş va ta’lim sohasi vakillari, amaliyotçi pedagoglar va ota-onalar fikrini örgangan holda avvalo bolalarimiz salomatligini öylagan holda qabul qilindi”, dedi inspeksiya rahbari.
Uluğbek Toşkenboyevning qayd etişiça, inspeksiya masofaviy ta’lim sifatini doimiy ravişda monitoring qilib boradi.
“OTMlar muassasadagi ta’lim faoliyati: ta’lim oluvçilarning erişgan natijalari, ular tomonidan fan dasturlarining özlaştiriş holati va öquv jarayoni bilan boğliq boşqa ma’lumotlar ta’lim taşkilotlarining elektron platformasidan foydalangan holda monitoring qilib borilişi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Davlat va nodavlat maktablar esa masofaviy şaklda öquvçilarning sifatli ta’lim olişi uçun “Onlayn maktab” telekanallari hamda masofaviy ta’lim platformalaridan unumli foydalanişlari talab etiladi va bu jarayonlar tizimli monitoring qilinadi”, dedi Uluğbek Toşkenboyev.
Inspeksiya rahbarining qöşimça qilişiça, ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’limning qançalik tez boşlanişi aholining sanitariya talablariga mas’uliyat bilan yondaşişi va amal qilişiga boğliq.

















