O‘zbekiston | 17:02 / 06.08.2021
7290
2 daqiqa o‘qiladi

Sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi  o‘n yillik muddatiga tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarori bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi. Kengash qaroriga ko‘ra:

  • Baxrom Fayziyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • A'zam Sayfitdinov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyat ma'muriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Maxmud Ruzimatov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudining raisi lavozimiga;
  • Javlon Jabbarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining raisi lavozimiga;
  • Suxrob Raxmatullayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
  • Abdihofiz Boybilov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid