Jizzax viloyati hokimining iqtisod va qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari özgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Zafar Abdumajidoviç Azimov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Zafar Azimov 1985 yilda Samarqand viloyati, Samarqand şahrida tavallud topgan.
U muqaddam «Xalq banki» boşqaruv raisi örinbosari bölgan, 2024 yil 11 dekabrda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U bu lavozimda ikki haftadan ortiqroq işlab, yangi işga ötkazildi.
Azimov yangi lavozimida 2021 yildan buyon işlab kelgan Abduvalijon Mustanovni almaştirdi.
Şuningdek, Zafar Şaropoviç Röziyev viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari – qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Zafar Röziyev 1964 yilda Qaşqadaryo viloyati, Kitob tumanida tavallud topgan.
U 2013–2019 yillarda Qaşqadaryo viloyati hokimi bölib işlagan, keyinroq Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Röziyev endi 2019 yil oktyabridan buyon Jizzax viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Oybek Aşurmatov örnini egallaydi. E’tiborli jihati, u Zarbdor tumani hokimligiga ham Aşurmatovning örniga








