Oliy Majlis Senatining kengaşi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy bank boşqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodovni egallab turgan lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qildi.
Kengaşning boşqa bir qarori bilan, prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy bank boşqaruvi raisi lavozimiga Timur Işmetov tayinlandi.
Timur Aminjanoviç Işmetov 1979 yilda Toşkentda tuğilgan. 2000 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan, 2005 yilda Birmingem universitetidan moliya-bank yönalişida magistr darajasini olgan. 2007 yilda Toşkent yuridik universitetining huquqşunoslik fakultetini bitirgan.
U 24 yillik mehnat faoliyatining 19 yilini Markaziy bankda ötkazgan.
Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodçisi lavozimidan boşlab, 2001–2004 yillarda katta ekspert-analitik, Valuta birjasi va taşqi aloqalar departamenti rahbari bölgan. 2004–2008 yillarda Pul-kredit operatsiyalari departamentida işlagan. 2008–2009 yillarda Xalqaro zaxiralarni boşqariş departamenti, 2009-2010 yillarda Içki valuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, 2010–2017 yillarda Valuta boşqaruvi va nazorati departamentini boşqargan.
Işmetovning Markaziy bankdagi faoliyatida 2017 yilda qisqa muddat uziliş bölgan: u öşa yili aprelda Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari etib tayinlangan, ammo iyun oyida Mamarizo Nurmurodov Markaziy bank raisi etib tayinlanişi bilan bir vaqtda uning birinçi örinbosari lavozimini egallagan.
MB boşqaruvidagi özgarişlar fonida, 2017 yil sentabriga kelib, mamlakatda valuta islohoti amalga oşirilgandi.
Timur Işmetov MB raisining birinçi örinbosari sifatida 2 yil faoliyat yuritgaç, 2019 yil may oyida moliya vazirining birinçi örinbosari lavozimiga ötkazildi. 2020 yil fevraliga kelib, u moliya vaziri etib tayinlandi va bu lavozimda 2022 yil oxirigaça faoliyat yuritdi.
Işmetov 2022 yil dekabrda Özbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi (Ravşan Ğulomov)ning birinçi örinbosari etib tayinlangan edi.








