Özbekiston prezidentining tegişli farmoni bilan Uluğbek Mavlonoviç Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Uluğbek Mustafoyev 1968 yil 14 avgustda Jizzax viloyatida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjalik institutini tamomlagan («Moliya va kredit» mutaxassisligi), şundan buyon bank sohasida faoliyat yuritgan.
«Sanoatqurilişbank»ning Jizzax viloyat filialida kiçik, keyinçalik katta mutaxassis sifatida işladi. Keyingi yillarda Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsion boşqaruvi katta iqtisodçisi va pul muomalasi bölimi boşliği lavozimlarida işlagan.
2010 yildan 2016 yilgaça Markaziy bank raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan, 2016–2017 yillarda Jizzax viloyati hokimi birinçi örinbosari bölgan. 2017 yil iyunida «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.
2019 yil martida mazkur taşkilot isloh qilinib, örnida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ taşkil etiladi. Uluğbek Mustafoyev 2019 yil aprelidan buyon aynan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.
Jizzax viloyatiga 2017 yildan buyon Ergaş Soliyev rahbarlik qilib kelgandi. Prezident matbuot xizmati xabariga köra, u «boşqa işga ötişi munosabati bilan» işdan ketgan.









