Jamiyat | 09:15 / 19.08.2025
7445
1 daqiqa o‘qiladi

Minorai Kalon oldidagi oshxonada yong‘in chiqdi

19 avgustga o‘tar kechasi Buxoro shahrida, tarixiy Minorai Kalon yaqinida joylashgan ikki qavatli oshxonada yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 19 avgust kuni soat 00:45 da Buxoro shahri Zarafshon mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ikki qavatli oshxonaning ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ular soat 00:49 da hodisa joyiga yetib borib, olovni 00:53 da o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan. Yong‘in soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 100 kvadrat metr maydonda oshxonaning tom qismi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid