Ma’lum qilinishicha, yong‘in to‘g‘risidagi xabar Toshkent shahar FVBBga soat 01:30 da kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari soat 01:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan.

Yong‘in soat 02:29 da qurshab olingan, soat 03:03 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Qayd etilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.