Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda BMW rulidagi o‘smir YPX xodimini urib yubordi
Avtomobil boshqaruvida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘smir bo‘lgan. Xodimning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
25 fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida BMW M4 rusumli avtomobil YPX inspektorini urib yubordi.
Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bergan xabarga ko‘ra, avtomobil rulida xususiy maktabning 10-sinfida o‘quvchi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 16 yoshli o‘smir bo‘lgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani, tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ma’lum qilingan.
- To‘ldirish: Ko‘p o‘tmay Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi. Tergov harakatlari boshlandi.
Bu vaqtda ayrim telegram-kanallarda YPX xodimi vafot etgani haqida xabar tarqatdi. Biroq IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova bu xabarlarni rad etgan.
Mavzuga oid
14:01 / 24.03.2026
Toshkentda YaHM o‘sishi bo‘yicha Mirobod yetakchi bo‘ldi
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026