Toşkent viloyati Angren şahrida yuk maşinasi va bir neçta avtomaşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi, deya xabar bermoqda viloyat IIBB.

Holat 26 aprel kuni soat 23:10 atrofida A373 avtomobil yölining 93-kilometrida sodir bölgan. Howo yuk maşinasi haydovçisi (1995 y.t) R.N. harakat vaqtida boşqaruvini yöqotib, şu yönalişdagi 4 ta transort vositasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda Sobalt avtomaşinasida bölgan 51 yoşli haydovçi I.X. va 40 yoşli yölovçi Z.T. voqea joyida vafot etgan.

Qolgan transport vositalarida bölgan 4 kişi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toşkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, Howo yuk maşinasi haydovçisi protsessual tartibda uşlangan.

Bu birinçisi emas

2025 yil 7 sentabr kuni ham Toşkent viloyatining Angren şahrida, A-373 «Toşkent-Öş» xalqaro avtomobil yölining 93-kilometrida  8 ta avtomobil iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgandi. Buning oqibatida 11 kişi halok bölgan va 5 kişi turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgandi.

Şuningdek, 2021 yil mayida ham A-373 avtomobil yölining taxminan şu qismida yana bir fojiali yöl-transport hodisasi sodir bölgandi. Öşanda Namangan-Toşkent yönalişi böyiça harakatlangan MAN rusumli tirkamali yuk avtomobili boşqaruvini yöqotib, yettita maşinani urib ketgandi, töqnaşuv natijasida yengil avtomobillardan biri yonib ketgandi.

YTH natijasida 7 kişi voqea joyida vafot etgan, yana 14 kişi turli darajada tan jarohati olgandi.