Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qabul qilingani bilan tizimda hech narsa o‘zgarmaydi-ku?» - Adliya vaziri huquqiy ekspertizadan o‘tmayotgan hujjatlar haqida
Adliya vazirligi tomonidan 2020 yilda vazirlikka huquqiy ekspertiza uchun kelib tushgan hujjatlarning har uchtadan bittasi, ya'ni 33 foizi qaytarib yuborilgan. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalistlar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda ma'lum qildi.
Adliya vaziri qanday sabablarga ko‘ra ushbu qonunchilik hujjatlari ekspertizadan o‘tmasdan qaytayotgani yuzasidan izoh berdi.
«Huquqiy ekspertizadan qaytayotganining birinchi sababi, amaldagi boshqa qonun hujjatlariga mos emasligi. Ya'ni juda ham ko‘p qonun hujjatlari qabul qilingani ortidan, oldingi normalarga e'tibor qilmasdan shunga zid normalar kiritib qo‘yiladi.
Ikkinchisi, bu tor doiradagi idoraviy manfaatlar. Buni qilishimiz kerak, bizga mana bunaqa huquq kerak, ruxsatnoma kiritishimiz kerak, bo‘lmayapti, litsenziya kiritishimiz kerak.
Uchinchisi, qonunchilik texnikasi [amal qilinmaydi yoki zid].
To‘rtinchisi, u yerda korrupsiogen omillarning bo‘lishi. Agar ular qabul qilinadigan bo‘lsa, tadbirkorlar va umuman fuqarolarga og‘irlik olib kelishi mumkin. Biz uni ijro nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqamiz. Shu kabi asosiy muammolar.
Bundan tashqari, umumiy muammolar ham bor. Masalan, topshiriq bo‘ladi: «Qaysidir sohada tubdan takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasi qilinsin», deyiladi. Keyin siz qarorni o‘qisangiz uning ichida tubdan takomillashtirish to‘g‘risida hech narsa bo‘lmaydi. «Asosiy vazifalari etib bular belgilansin… Keyin mana bunga e'tibor qaratilsin» kabi. Umuman yangilik bo‘lmaydi. Shu sababli bu hujjatlar qaytib ketadi, g‘oya bo‘lmaganidan keyin biz o‘tkaza olmaymiz. Bunday hujjat qabul qilingani bilan tizimda hech narsa o‘zgarmaydi-ku?», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davletov bunday muammolar ostida yaxshi mutaxassislar yetishmasligi yotishini, bunday muammo bo‘lmasligi uchun davlat idoralarining jozibadorligi oshishi kerakligini qayd etib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:23 / 26.11.2025
Dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin hujjat bekor qilinadi
13:44 / 09.09.2025
Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatiga oid qat’iy talablar o‘rnatiladi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
15:07 / 11.02.2025