Farmonga köra, idoraviy hujjatlarni qabul qiliş, ularni huquqiy ekspertiza va davlat röyxatidan ötkaziş muddatlari böyiça quyidagi qat’iy talablar örnatiladi:

🔹 idoraviy hujjatlarni qabul qiliş muddati, agar qonunlar, prezident va hukumatning hujjatlarida bundan köp muddat belgilanmagan bölsa, 2 oy etib belgilanadi;
🔹 idoraviy hujjat loyihasini jamoatçilik muhokamasidan ötkaziş muddati 10 kunni taşkil etadi, agar loyiha yuzasidan 5 kun içida taklif kelib tuşmasa, uni huquqiy ekspertizadan ötkaziş uçun Adliya vazirligiga kiritiş mumkin böladi;
🔹 idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat röyxatidan ötkaziş muddati 30 kundan 20 kunga, qöşimça örganişni talab qiladigan hujjatlar böyiça esa körib çiqiş muddatini uzaytiriş 15 kundan 10 kunga qisqartiriladi;
🔹 belgilangan talablarga rioya qilmasdan kiritilgan idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazişni rad etiş muddati 30 kundan 15 kunga qisqartiriladi.