O‘zbekiston | 09:42 / 18.11.2023
8342
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim tovarlarni realizatsiya qilishga doir aylanma QQSdan ozod qilinadi

2028 yil 1 yanvarga qadar budjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ular importi QQSdan ozod qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

2028 yil 1 yanvarga qadar budjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Bunda, tovarlar ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan, davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olingan bo‘lishi lozim. Bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablag‘lar mustasno.

Bir oy muddatda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid