O‘zbekiston | 18:41 / 19.08.2018
19032
3 daqiqa o‘qiladi

Toshni teshgan tomchilar: Bu dunyoda abadiy narsaning o‘zi yo‘q

Doim esingda bo‘lsin, hech narsa abadiy emas, shu jumladan musibatlaring ham.

Olloh taolo o‘z bandalarini sevadi. Bizlarni baxtiyor hayot kechirishimizni istaydi. Shuning uchun ham bizlarga bu dunyoda sanoqli umrni berdi. Asosiy umrimizni, balki abadiy umrimizni Oxirat diyorida o‘tkazishimizni xohladi. Dunyodadan erta ketganlarga achinmang. Olloh ularni tezroq abadiy hayotga o‘tishlarini istadi. Ularga O‘z jamolini ko‘rsatishga oshiqdi. Bu naqadar buyuk baxt! Bas, dunyo hayoti qisqa ekan, undagi narsalar – musibatlar, quvonchlar abadiy degan kishini aqlli inson deyish mumkinmi? 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Qisqa dunyoning musibatlari ham qisqa ekaniga qaramasdan Olloh taolo musibatni yengillashtiruvchi, balki uni ortga qaytaruvchi himoya vositalarini ham berib qo‘ydi. Ular sabr va duodir. Musibat, g‘am-tashvishlar sabrni, iymonni yoqtirmaydi. Musibatlar ushbu xislatlarga ega zotlarga yaqin yo‘lamaydi. Yaqin yo‘lasa-da, erkin bo‘la olmaydi, natijada chekinishga majbur bo‘ladi. Ana shunday buyuk himoyani bergan Ollohga hamdlar bo‘lsin! 

Inson eng baquvvat jonzotdir. U yelkalarida gunoh degan yukni ko‘taradi. Bu yuk xohlasa-xohlamasa, kundan-kun ko‘payaveradi. Buni siz sezmaysiz, men sezmayman, ammo Xoliq ko‘rib turadi. Yukni ko‘tara olmaydigan darajaga kelganimizda, azbaroyi, bizlarga rahmi kelganidan yukni yengillatishimizni istaydi. Qalbimizga duo qilishni, sabrli bo‘lish istagani joylaydi. Har bir qilgan duolarimiz, sabrimiz gunohlardan iborat yuklarimizni kamaytiraveradi. Gunohlarimiz kamayadi, musibatlar ketadi va hech qancha vaqt o‘tmay yangi gunohlarni o‘ylab topamiz. Hatto gunohsiz nafas olmay qo‘yamiz. Olloh buni ham ko‘radi va bizlarga gunoh yukidan xalos bo‘lish imkonini qaytadan beraveradi. Musibat kelganda sabrsizlik qilaverishimiz Yaratganimiz bergan imkonga ega bo‘lolmayotganimizni anglatadi. Imkonni qo‘ldan chiqaraverganlarga esa asta-sekin imkon berilmay qo‘yiladi. Bu ulkan yo‘qotishdir. 
Musibat o‘zligimizni anglashimiz uchun yaxshi imkoniyatdir. Uni qadrlang. Zero, musibat abadiy emasdir.

Zahiriddin Mansur