Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vaqtni behuda sarflashni istamayman» – Tramp Putin bilan uchrashuvi qoldirilgani haqida
AQSh prezidenti Donald Trampdan Kreml rahbari bilan Budapeshtda o‘tkaziladigan sammit rejalarini keyinga qoldirish qarori haqida so‘ralganda, «befoyda uchrashuv»ni istamasligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, vaziyat yaqin ikki kun ichida oydinlashadi.
Foto: Manuel Balce Ceneta / Associated Press
Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik to‘xtatildi, dedi Oq uy vakili anonimlik sharti bilan jurnalistlarga. U uchrashuv «yaqin vaqtlar ichida» o‘tkazilmasligini qo‘shimcha qildi.
Keyinroq buni Trampning o‘zi ham tasdiqladi. U uchrashuvning qoldirilishini «vaqtni behuda sarflashni istamasligi» bilan izohladi. «Men foydasiz uchrashuv o‘tkazishni istamayman. Bundan nima chiqishini ko‘rmagunimcha vaqtni behuda sarflashni istamayman. Men [ularga] to‘qnashuv chizig‘i bo‘yicha kelishing, ortga chekining, uyga qayting va tanaffus qiling, chunki sizlar bir-biringizni o‘ldirayotgan, haftasiga 5-7 ming askar yo‘qotadigan ikki mamlakatsiz dedim. Biz hali uchrashuv haqida qaror qabul qilmadik», – dedi AQSh prezidenti.
Tramp yaqin ikki kun ichida ehtimoliy muzokaralar bo‘yicha keyingi rejalari haqida ma’lum qilishga va’da bergan.
Rossiya tomoni bir kun oldin ham uchrashuvga tayyorgarlik davom etayotganini ta’kidlagandi. «OAV bo‘lajak sammitga putur yetkazish uchun „yaqin kelajak“ haqidagi sharhlarni buzib ko‘rsatmoqda», – degandi Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bugun uchrashuv muddati oldindan belgilanmagani va bu endi qilinishi kerak bo‘lgan masala ekanini aytdi. «Bungacha puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Buning uchun vaqt kerak. Hech qanday yangilik yo‘q», – dedi Kreml vakili.
Peskov ikki prezidentning hech biri «vaqtni behuda sarflashni istamasligi», chunki ular «yuqori samaradorlik bilan samarali ishlashga odatlangani» va bu samaradorlik har doim tayyorgarlikni talab etishini qo‘shimcha qilgan.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham Budapeshtda o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuvga tayyorgarlik davom etayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u sammit qachon o‘tkazilishi hali aniq emasligini tan oldi.
Putin va Tramp 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan keyin Budapeshtda uchrashishga kelishib olgandi. O‘shanda AQSh prezidenti muzokaralar ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini va undan oldin kontakt guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tishini aytgandi, unda AQSh delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio rahbarlik qilishi ko‘zda tutilgandi.
Dastlab Tramp dastlabki uchrashuv joriy haftada bo‘lib o‘tishini aytgandi, biroq dushanba kuni Rubio va Lavrovning telefon orqali muloqotidan so‘ng CNN telekanali uchrashuv qoldirilganini ma’lum qildi. Buning sababi sifatida Amerika manbalari Rossiya «maksimalist talablari»dan voz kechishga tayyor emasligini keltirishdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva Donetsk oblastining butun hududi ustidan nazoratni topshirishni talab qilmoqda – Tramp esa mojaroni frontning hozirgi chizig‘ida muzlatishni taklif qilgan.
Budapeshtdagi ehtimoliy uchrashuv haqidagi xabarlar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Oq uyga tashrifi arafasida paydo bo‘lgandi. Ushbu tashrif chog‘ida Ukraina Trampdan Tomahawk raketalarini yetkazib berishga rozilik olmoqchi edi. Oxir-oqibat, AQSh prezidenti bunga rozilik bermadi – Amerikadagi manbalari buni Putin bilan bo‘lajak uchrashuv fonida Moskva bilan munosabatlarni yomonlashtirmaslik zarurati bilan izohlagandi.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
13:44 / 20.12.2025
Makron Yevropani Putin bilan muloqotni qayta tiklashga chaqirdi
13:25 / 20.12.2025
Putin: RF aktivlarini musodara qilish yevrohududga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi
22:17 / 19.12.2025