00:02 / 03.05.2018
25398

Shavkat Mirziyoyev yengil sanoat korxonalari ish jarayonini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uzteks Uchqo‘rg‘on» va «Uchqo‘rg‘on tekstil» qo‘shma korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Prezident matbuot xizmati shu haqida xabar berdi

Davlat rahbarining avvalgi tashrifida belgilangan vazifalar doirasida bu yerda modernizatsiya va diversifikatsiya loyihalari amalga oshirilgan. Germaniya, Shveytsariya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Ip, kalava, sochiq va bir necha turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarilayotgan korxonalarning har birida yiliga 30 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘yilgan.

«Uzteks Uchqo‘rg‘on» korxonasida - 300, «Uchqo‘rg‘on tekstil» 800 ta ish o‘rinlari yaratilgan. 

Joriy yilning sentabrida bu yerda shu yo‘nalishdagi yana bir korxona - «Tekstil finans Namangan» shirkatini ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev korxonalarning ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mahsulotlar turini kengaytirish, fermer xo‘jaliklari bilan klaster usulida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

 

Top