Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahriga kelgach, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bosh vazir davlatimiz rahbariga Vengriyaning milliy bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda hamda shu kunlarda Vengriya poytaxtida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finalida shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Vengriya Hukumati va do‘st xalqini milliy ayyom bilan dildan qutladi. Budapeshtda o‘tkazilayotgan jahon birinchiligi ushbu mamlakat sport sohasida boy an’analarga egaligi va keyingi yillarda bu borada yuksak muvaffaqiyatlarga erishayotganining dalolati ekanini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Oliy darajadagi kelishuvlar samarali amalga oshirilmoqda, parlamentlar, hukumatlar, idoralar va hududiy ma’muriyatlar o‘rtasida sermahsul aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalar kooperatsiyasi kuchaymoqda.
Vengriyaning OTP banki O‘zbekiston bank-moliya bozoriga kirib kelgani strategik ahamiyatga ega ekani hamda Yevropa biznesi uchun muhim ishora bo‘lgani e’tirof etildi.
Bundan tashqari, Vengriyaning Bonafarm, Gedeon Richter, Meditop, Wizz Air kabi yirik kompaniyalari O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarida faol qatnashmoqda.
Madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma dasturlarni yanada ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil 20 avgust kunidan boshlab Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan muhim voqea bo‘lishi ta’kidlandi.
Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin va konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32 / 18.03.2025
Kurskdagi qurbonlar - komendantlik soatini buzganlar, vayronalar ostida qolganlar va yuragi dosh bermaganlar
Jahon | 10:25 / 18.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi
Jahon | 22:03
-
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish boshlandi
O‘zbekiston | 21:24
-
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi
Jahon | 21:16
-
2024 yilda dunyoda 150 dan ortiq «misli ko‘rilmagan» ob-havo hodisalari sodir bo‘ldi
Jahon | 21:11
Mavzuga oid

21:33 / 20.12.2024
Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan oldin Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi

15:15 / 12.12.2024
Viktor Orban Vladimir Putinga Ukraina tufayli qo‘ng‘iroq qildi

23:06 / 06.12.2024
Vengriya razvedkasi mamlakatga kelgan yevropalik amaldorlar ortidan kuzatib kelgani ma’lum bo‘ldi

10:29 / 07.11.2024