Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LifeStyle bilan shohona hayotni his eting
Toshkentning Jomiy bozorida o‘z faoliyatini boshlagan Lifestyle do‘koni sizning xonadoningiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi yuvinish xonasi jihozlari, jo‘mrak va boshqa turli aksessuarlarni taqdim etadi.
Mahsulotlarning bari Germaniya, Fransiya hamda boshqa yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular o‘zining yuqori sifati, bejirim dizayni va eksklyuzivligi bilan boshqa brendlardan ajralib turadi.



Yuvinish xonasi – har qanday uyning, xonadonning muhim qismi sanaladi. Mehmonxona, yotoqxona, oshxona kabi hammom va hojatxonaga ham alohida e'tibor qaratish zarur.
Tasavvur qiling, hammomga kirganingizda toza, chiroyli, noodatiy jihozlar qarshi olsa, qanchalik bahri dilingiz ochiladi. Did bilan tanlangan dizayn insonga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi.
Yuvinish xonasi uchun lyuks mebellar
Lifestyle shourumida siz jahonning yetakchi brendlari Viega, Villeroy & Boch, Jacob Delafon kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan yuvinish xonasi mebellarini uchratshingiz mumkin.




Jo‘mrak (smesitel) va aksessuarlar
Shuningdek, Fransiyaning taniqli Jacob Delafon fabrikasidan keltirilgan jo‘mrak va aksessuarlar istalgan yuvinish xonasini shoxona san'at namunasiga aylantira oladi. Har bir model nafis did bilan qo‘l mehnati orqali yasalgan. Jacob Delafon'ning noyob mahsulotlari jahon bozorida ham o‘z mavqeiga ega.


Vanna va dush
Yuvinish xonasiga yangi, sifatli vannalar izlayapsizmi? U holda e'tiboringizga Appollo kompaniyasining premium hamda ekonom toifadagi jihozlarini taqdim etamiz. Ular o‘zining chidamliligi, qoyilmaqom dizayni, yuqori sifati va maksimal qulayligi bilan sizni albatta, mamnun etadi.
Goldman kompaniyasining chugun vannalari esa kumush ionlari boyitilgan bo‘lib, uzoq muddat foydalanishni ta'minlaydi.



Suv filtrlari
Bu yerda siz Yevropaning ultra zamonaviy zavodlarida ishlab chiqariladigan BWT (Best Water Technology) suv filtrlarini topishingiz mumkin. Mahsulotlar sanitar-gigiyena qoidalari va talablari (HACCP - Hazard Analysis and Critical Control Points)ga to‘liq javob beradi. BWT filtrlari maishiy va ichimlik suvini yumshatishdan boshlab tozalab berish kabi xususiyatlarni ham o‘z ichiga oladi. Kompaniya mahsulotlari Yevropa va Osiyoda ham taniqli bo‘lib, kundalik hayot hamda sanoatda keng foydalanishga mo‘ljallangan.


Shuningdek, rakovina hamda hojatxona instalyatsiyalarining turli xildagi to‘plamlarini ham harid qilish imkoni mavjud. Narxlar esa har qanday toifadagi mijozni qoniqtira oladi. Mahsulotlar chidamliligiga kafolat beriladi.





Lifestyle shourumiga tashrif buyurib, asl sifatli mahsulotlarni sotib olish istagi paydo bo‘ldimi? U holda do‘kon sizlarni kutib qoladi. Darvoqe, to‘lovlar naqd, terminal yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Yana bir xushxabar!
Do‘kon doimiy mijozlariga maxsus chegirmalar ham taqdim etadi. Shuningdek, yaqin orada xaridorlar uchun diskont kartalar ham ajratilishi rejalashtirilgan.
Manzil: Olmazor tumani, Usta-Shirin ko‘chasi, 134 uy, 27 do‘kon
Mo‘ljal: Jomiy bozori
Telefon: (+99871) 248 74 75
(+99893) 531 56 75
Sayt: Lifestyleuz.uz
Reklama huquqi asosida.