Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqotchilar dunyoning sakkizinchi mo‘'jizasi joyini aniqlashdi
Mustaqil tadqiqotchi Reks Bann va Yangi Zelandiya Milliy kutubxonasi xodimi Sasha Holden dunyoning sakkizinchi mo‘'jizasi joyini topishganini aytishmoqda. Ularning shu haqdagi maqolasi Journal of the Royal Society of New Zealand jurnalida bosilgan, bu haqda National Geographic jurnali ham kichik xabar bergan.
Yangi Zelandiyaning Shimoliy orolida joylashgan Rotomaxana ko‘li XIX asr oxirlarida minglab turistlarni o‘ziga jalb qilgan. Ajoyib sharsharaning balandligi sakkiz qavatli bino balandligiga teng edi, biroq 1886 yilda u qo‘shni vulqonning otilishi oqibatida vayron bo‘lgan. Shundan beri ushbu tabiat mo‘'jizasi Yer yuzidan butunlay yo‘qoldi, deya hisoblanib kelingan.
XIX asrda yashagan nemis geografi Ferdinand fon Xoxshtetterning kundaligini tadqiq qilish natijasida terrasaning avval joylashgan o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lindi. Xoxshtetterning kundaligi ushbu joyning taxminiy koordinatalari va yo‘nalishlari bitilgan yagona qo‘lyozma sifatida saqlanib qolgan. Aniqlanishicha, ushbu terrasalar yo‘q bo‘lib ketmagan, shunchaki 15 metrli vulqon kuli ostida qolgan. Ko‘l hamda atrof-muhit uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib yuborgan, shuning uchun terrasa manzilini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025