Yangi Zelandiyaning Oklend şahrida yaşovçi şaxs öta ğayrioddiy usulda öğirlik qilişda ayblanmoqda: u zargarlik dökonida tuxum şaklidagi «Faberjye» medalyonini yutib yuborgani aytilmoqda, taqinçoqning qiymati 33 585 Yangi Zelandiya dollari (19 300 AQŞ dollari)ga teng bölgan.

28 noyabr kuni tuşdan keyin Oklend markazidagi Partridge Jewellers zargarlik dökonidan politsiyaga qönğiroq bölgan. Xodimlar mijozlardan biri kulonni qöliga olib, yutib yuborganini aytişgan. Bir neça daqiqa ötib 32 yoşli uşbu erkak dökonning özida qölga olingan. U tibbiy körikdan ötgan va hozirda hibsda saqlanmoqda. Politsiya ma’lumotlariga köra, yutib yuborilgan qimmatbaho tumor hali topilmagan. Guardian xabariga köra, uşbu şaxsga qimmatbaho ziynatni öğirlaş böyiça ayblov qöyilgan.
Uşbu taqinçoq Jyeyms Bond haqidagi filmlardan biridan ilhomlangan. «Faberjye» tuxumi öğirlanişi atrofidagi voqealarga bağişlangan va Octopussy («Sakkizoyoq») deb nomlangan uşbu film 1983 yilda işlangan (film nomi Bondning navbatdagi ma’şuqasi, qimmatbaho toşlar kontrabandasi bilan şuğullangan sirkçi qiz laqabidan olingan).
Fabergé saytida körsatilişiça, yutib yuborilgan kulon 18 karatli oltindan tayyorlangan bölib, 60 ta oq brilliant va 15 ta kök sapfir bilan bezatilgan, tuxum içida mö’jaz sakkizoyoq yaşiringan bölib, uning közlari ikkita qora brilliantdan yasalgan.
Gumonlanuvçi 8 dekabr kuni sud oldida javob beradi.
OAV ma’lumotlariga köra, uşbu şaxs 12 noyabr kuni ham xuddi şu zargarlik dökonidan iPad öğirlaşda, şuningdek, keyingi kuni xususiy uydan jami qiymati 100 dollarlik buyumlarni öğirlaşda ayblanmoqda.
«Faberjye» – ikki asrdan köproq vaqt muqaddam Rossiya imperiyasida taşkil etilgan va imperator uyi buyurtmasi asosida qimmatbaho toşlar va metallardan yasalgan tuxumlari bilan maşhur bölgan dunyoga maşhur zargarlik brendi hisoblanadi.
Inqilobdan keyin Faberjyelar oilasining bir qismi Parijga köçib ketgan. 2007 yildan beri brend Fabergé Ltd kompaniyasiga tegişli. Brend saytidagi ma’lumotlarga köra, 2025 yilda Fabergé Ltd. Londondagi texnologik tadbirkor va vençur investor Sergey Mosunovga tegişli bölgan Amerikaning SMG Capital investitsiya kompaniyasiga sotilgan.











