Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tuman hokimligining sayti ishga tushirildi
Foto: mytashkent.uz
Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimligining veb-sayti test rejimida ishga tushirildi. Endilikda tuman haqidagi barcha batafsil ma'lumotlarni uchtepatumani.uz manzilidan olish mumkin.
Ta'kidlab o‘tish joizki, Uchtepa tumani poytaxtdagi tumanlar orasida o‘z veb-saytini ishga tushirgan birinchi tumanga aylandi.
Ma'lumot uchun: Uchtepa tumani (sobiq Akmal Ikromov) tumani 1977 yilda Chilonzor va Oktyabr (hozirgi Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. 1977 yildan hozirgi chegarasida janubiy va janubiy sharqdan Zargarlik va Qatortol ko‘chalari bilan boshlanib, g‘arb va shimoliy g‘arbda avtomobil halqa yo‘liga tutashadi. Maydoni 2797 gektar, jumladan, ko‘kalamzor yerlari — 1124 gektar. Ko‘chalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi markaziy hisoblanadi.
Tumanda Jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, san'at internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasb-hunar kolleji, 37 umumiy ta'lim maktabi, 53 bolalar bog‘chasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolash profilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor.
Mavzuga oid
08:58 / 03.05.2026
Toshkentda profilaktika inspektori jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga 10 ming dollar olayotganida ushlandi
19:04 / 16.04.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilariga pulga 3D formatda qo‘rqinchli film namoyish qilindi
16:12 / 06.04.2026
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi
12:52 / 27.02.2026