Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada mushkul vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Saudiya Arabistonining Makka shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan A.R. oilasi bag‘riga qaytarildi.
Foto: "Dunyo" AA
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush o‘rtog‘i A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.
A.R. Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O‘zbekistondan 30 mart kuni velosipedda yo‘lga chiqqan. U O‘zbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gurjistonga borgan. Gurjiston chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan so‘ng A.R. "Vladikavkaz – Istanbul – Jidda" yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Makkada bo‘lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo‘lgan sumkalari o‘g‘irlab ketilgan.
Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o‘zbekistonlik fuqarolar yordamida A.R. topishga erishdi va unga O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, faol vatandoshlar ko‘magida "Madina-Toshkent" yo‘nalishidagi aviaqatnovga chipta sotib olib berildi.
U shu yil 17 may kuni sog‘-salomat oilasi bag‘riga qaytdi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026